Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumani.Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi

Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, tumandagi Eshonobod hududida joylashgan “AZIYA MED CENTER” xususiy klinikasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida klinikada yaratilgan sharoitlar, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, klinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘rganish natijalari yuzasidan mas'ullarga tegishli xulosa va takliflar berildi.

Slide 1 of 6