Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati U.Mirzaumarovning “10-Tog‘liq” saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida fuqarolarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5