Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"O‘zbekiston" mahallasida I chorak sarhisobi: bandlik va tadbirkorlik e’tiborda

⏺Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahalla vakillarining aholi bilan ishlashdagi natijadorligiga e’tibor qaratildi.

💬Jumladan:

🔵Hokim yordamchisi faoliyati:

✔️Mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 8 nafar fuqaroga jami 300 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

✔️Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 6 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlandi.

🔵Yoshlar yetakchisi faoliyati:

✔️Chorak davomida jami 9 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.

🔅Ulardan 5 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun zarur asbob-uskunalar berildi.

4 nafar yosh esa turli sohalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga rasman joylashtirildi.

🫥O‘rganish davomida deputatlar mas’ul xodimlarning ishiga ijobiy baho berib, kelgusida ham har bir murojaat va muammoga individual yondashish, ayniqsa, yoshlar va ishsizlar bandligini ta’minlashda manzillilikni yo‘qotmaslik bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 2