Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sherzod Mirzayev Suvonobod mahallasida yangidan qurilayotgan 15-maktab binosining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Deputat, qurilish ishlarining borishi, loyiha asosida olib borilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, u quruvchilar bilan suhbatlashib, mavjud sharoitlar, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati va xavfsizlik choralarining ta’minlanish holatini o‘rgandi.

Mazkur ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilgach, mahalladagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilishi, ta’lim sifati yanada oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6