Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 9-Nurobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Sarimova hamda mahalla raisi tomonidan Nurobod mahallasidagi ichki ko‘chalar infratuzilmasi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Hamroh, Nurobod va Oltin vodiy ko‘chalarida shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmagani hamda ushbu holat fuqarolar harakatlanishiga noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalarning qatnov qismini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.
Mazkur masala ijrosi nazoratga olindi.