Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat Yangiobod mahallasida ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi

Hududlarda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yangiobod mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova tomonidan amalga oshirilgan tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar, yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, manzilli qo‘llab-quvvatlash, bandlik va ijtimoiy xizmat bilan ta’minlash borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijasida mavjud muammolarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida ham bu kabi nazorat tadbirlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2