DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Navoiy shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan 2026-yil 19-martdagi 18-ds-331-26-sonli topshiriq ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.
A. Temur ko‘chasi 42-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganildi.
Mazkur masala “Navoiy Komfort Siti” Boshqaruv Servis kompaniyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, bolalar maydonchasini 2026-yilning 2-choragi yakuniga qadar ta’mirlash rejalashtirilgani bildirildi.
Ushbu ishlar hudud aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.