Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#sorov_ijrosi 📌 Qoraqo‘yli mahallasidagi ko‘p qavatli uyda suv ta’minoti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati U.Nurmuxamedov tomonidan yo‘llangan deputat so‘rovi asosida Qoraqo‘yli mahallasi Navro‘z ko‘chasidagi 40-uyda suv ta’minoti holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish natijasida:

Uyda ichimlik suvi uzluksiz yetib kelayotgani, biroq yuqori qavatlarda bosim yetarli emasligi aniqlandi.

Shu sababli o‘rnatilgan nasos qurilmasi quvvati yetarli emasligi tufayli tez-tez nosoz holatga kelib qolayotgani ma’lum bo‘ldi.

🏢 Shuningdek, mazkur uy aholisi boshqaruv servis kompaniyasiga a’zo emasligi aniqlanib, ko‘p qavatli uylarni saqlash va ta’mirlash ishlari mulkdorlar zimmasida ekani tushuntirildi.

🚧 Fuqarolar boshqaruv kompaniyasiga a’zo bo‘lgach, mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda suv ta’minotini yaxshilash choralari ko‘riladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1