Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 2026-yil vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun suv resurslaridan foydalanish limitini ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qaroriga muvofiq suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tanqisligi sharoitida aniq va manzilli choralar ko‘rish muhim vazifa etib belgilanganligi ta’kidlandi.
Mazkur talablar asosida tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan 2026-yil vegetatsiya davriga tayyorgarlik doirasida o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. Natijada suv manbalari holati, sug‘oriladigan yerlar hamda ekin turlari kesimida suvga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanib, hududlar kesimida ro‘yxatlar shakllantirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra:
Yig‘ilishda suv resurslaridan foydalanish limitlarini belgilashda suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, sug‘orish tizimlarining texnik holatini yaxshilash, suv isrofgarchiligini kamaytirish hamda suv taqsimotida shaffoflikni ta’minlash zarurligi alohida qayd etildi.
Yakunida ushbu yo‘nalishda belgilangan limitlarni tasdiqlash hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.