🔍O‘rganish jarayonida markazda yaratilgan sharoitlar, kitob fondi, qulayliklar hamda axborot xizmatlari sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
📌Shu bilan birga, markaz xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari hamda mavjud muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
♻️Mazkur tashrif aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar uchun zamonaviy bilim olish muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.