⏺O‘rganish jarayonida asosan “Mahalla yettiligi” tizimining bugungi holati, xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faolining o‘zaro muvofiqlashgan holda ish olib borayotgani tahlil qilindi.
💬Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔅Aholi murojaatlari bilan ishlashda “mahallabay” tizimining natijadorligi;
🔅Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish holati;
🔅Mahalladagi infratuzilma muammolarini aniqlash va ularni hal etishda mas’ullarning tashabbuskorligi.
🫥Deputat o‘rganish davomida mas’ullarning faoliyatini tanqidiy-tahliliy baholab, o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, qog‘ozbozlikdan voz kechib, bevosita xonadonbay yurish orqali real muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.