Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumanning “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish masalasi ko'rib chiqilib tuman Kengashi sessiyasiga kiritish belgilangan edi.
Ushbu masalani har tomonlama o‘rganish maqsadida 5-Yangidiyor saylov okrugidan saylangan deputat, komissiya raisi Asqarova Nigora Asqarovna tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining joylashuvi, mavjud infratuzilma imkoniyatlari, moddiy-texnik holati hamda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qurilish va ta’mirlash ishlari bilan ham yaqindan tanishildi.