Deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 23-Oqtoshota saylov okrugidan saylangan deputat Raxmonov Akmaljon Baxtiyor o‘g‘li tomonidan tumanning Yangiobod mahallasi hududida 10 gektar yer maydonida barpo etilayotgan “Yashil park” hududidagi amfiteatr qurilish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining bugungi holati ko‘zdan kechirilib, loyiha hujjatlari bilan tanishildi. Shuningdek, ishlarni jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.