Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Jo‘rayeva hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari V. Sodiqov tumandagi Yoquriqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1