Bekobod shahrida navbatdagi ochiq fuqarolar qabuli o‘tkazildi
📆Xalq deputatlari shahar kengashi deputati N.Babayev shahar hududida joylashgan “Navro‘z" MFY 14-sonli umumta'lim binosi faollar zalida fuqarolar qabulini o'tkazdi.
🔺Qabul jarayonida aholining ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid 21 ta murojaati tinglandi. Shundan 14 tasi joyida hal qilindi, qolgan 7 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
🔺 Mazkur qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
🔺Fuqarolar bilan ochiq muloqot – bu deputatlar va xalq o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini yanada mustahkamlovchi asosiy omillardan biridir.