Xavfsiz hudud — osoyishta hayot garovi
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va
jinoyatchilikning oldini olish eng dolzarb masalalardan biridir. Shu munosabat
bilan, 22-Guliston saylov okrugi deputati R. Muxtorova hududdagi jinoyatchilikka
qarshi kurashish holatini o‘rgandi.
O‘rganish markazida nimalar bo‘ldi?
"Qizil" va "sariq" hududlar:
Jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahallalarda vaziyatni
sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
Profilaktika inspektorlari faoliyati: Mahalla beshligi
bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar;
Sabab va omillar: Jinoyat sodir etilishiga zamin
yaratayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish.
Jinoyatga qarshi kurashish faqat huquq-tartibot
organlarining emas, balki barchamizning umumiy ishimiz bo‘lishi shart!