Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida

 Sifat va narx barqarorligi
— deputatlik e’tiborida
 

  

🔹 Farg‘ona tumanida aholi
manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda adolatli narx-navo va sifatli mahsulot ta’minlash
maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.
 

🔹 Navbatdagi nazorat tadbiri Chimyon MFY hududidagi Chimyon savdo kompleksida o‘tkazildi. Unda tuman
Kengashi deputati Shuhratjon Raximov, Iqtisodiyot
va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar
vakillari ishtirok etdi.
 

🔹 O‘rganishlar jarayonida savdo nuqtalaridagi mahsulotlar
sifati, ularning saqlash sharoitlari, narxlarning asossiz oshirilmagani va amaldagi
qonunchilik talablariga rioya etilishi atroflicha tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklar
yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi va tegishli choralar ko‘rish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 

🔹 Bunday nazorat tadbirlari
aholini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, bozorda sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirish va narx-navo barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

  

Telegram |
Facebook | YouTube 

  

   

Slide 1 of 3