Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qodirov Rasul Saydullayevich tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog kadrlar salohiyati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati