Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Uchrashuv

 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ("O‘zenergoinspeksiya") boshlig‘i, 39-sonli "Kulab" saylov okrugidan saylangan Jo‘qorg‘i Kenges deputati D.Isaqulov Xo‘jayli tumanida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman hokimi J.Ermashev, O‘zenergoinspektsiya Qq.R. boshqarmasi boshlig‘i B.Nurjanov, Hududiy elektr tarmoqlari AJ Qq.filiali boshlig‘i A.Nurimbetov, tuman Ekologiya partiyasi raisi G.Sarieva va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi. Deputat aholining murojaat va takliflarini birma-bir tinglab, ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy,
kommunal, bandlik, infratuzilma va boshqa dolzarb muammolarini atroflicha o‘rganib chiqdi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan muammolar deputatlik nazoratiga olindi. Shundan so‘ng, hududlarga chiqqan
holda murojaatlar tegishli tartibda o‘rganildi hamda ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilab olindi. Xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarning dardini eshitish va ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik deputatlik faoliyatining eng asosiy vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 1