🔹Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan “Tinchlik” mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahallada “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan oilalarni reyestrdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yaratish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O'rganish jarayonida aholini bandligini ta'minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko'mak berish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.