Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati, 13-Ozodlik saylov okrugidan saylangan Xalnisa Shayimova “Ozodlik” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.
Muloqot chog‘ida aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar (https://t.me/BoyovutKengashiYangiliklari/245) deputat tomonidan joyiga borib o‘rganildi va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ochiq muloqot muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.