Yangiliklar

Deputatlar mahallada

📌O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari G. Agzamova, O. Litvinova hamda tuman Kengashi deputati Y. Vapayeva "Navro‘zobod" mahallasida “yettilik” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

❗️Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholi muammolari va ularning yechimlariga doir fikrlar atroflicha muhokama qilindi. Mahalla faollari tomonidan ko‘tarilgan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, hududni yanada rivojlantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida o‘zaro fikr almashildi.

🔹Shuningdek, muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholining fikr va takliflarini tinglash, ularga yaqindan yondashish muhim ekani yana bir bor ta’kidlandi.

🤝 Bunday uchrashuvlar joylardagi real holatni o‘rganish va aholi bilan samarali muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1