Yangiliklar

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati Otabek Ro'ziyev , Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev bilan birgalikda ushbu hududda bo‘lib, mazkur ishlar bilan tanishdi. Navoiyuran” davlat korxonasi tizimida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, xususan, daraxt ko‘chatlari ekish va sug‘orish tizimi uchun qulay bo‘lgan yer maydonlarini tanlash va tekislash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Zafarobod qo‘rg‘oniga kirish qismidan to aholi yashash punktigacha bo‘lgan ko‘cha atroflarida “yashil belbog‘” yaratish borasida ishlar boshlab yuborilgan. Hududda “Zafarobod” kon boshqarmasining mehnatkashlari zarur himoya to‘siqlarini tiklash va boshqa agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi. 

Slide 1 of 1