Yangiliklar

"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati olib borilmoqda

 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 6-Ravot saylov okrugidan saylangan deputat Nurillo Baxriyev Saylov okrugidagi Ravot mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida mahallada olib borilishi lozim bo‘lgan asosiy ustuvor vazifalar to‘g‘risida mahalla yettiligi bilan suhbat o‘tkazilib, aholi muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. O‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, gaz balonlari yetkazib berish, masalasida murojaatlar eshitilib, murojaatlar mas’ul tashkilotlar tomonidan joyida hal etilib, ayrim murojaatlar yuzasidan tushuntirish berildi.  

Slide 1 of 2