Yangiliklar

DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati N.Muzaffarova, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamda deputat M.Namozovlar hududdagi 9-sonli umumta’lim maktabida mahalla yettiligi hamkorligida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.

    Uchrashuvda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Uyas”, Jaloir”, “Nurli diyor”, “Umid nihollari” mahallalaridagi fuqarolar ishtirok etdi. 

    Tadbirda deputatlar Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va qarorlar ularning mazmun-mohiyati haqida qatnashuvchilarga axborot berdilar.

    Uchrashuvda fuqarolarning qiynayotgan bir qator muammolari tinglandi. Bir nechta fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qolgan fuqarolarning taklif va muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun ro‘yxatga olindi.

Slide 1 of 1