Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Umarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan Quyitosh mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda unda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, guruh xonalari, oshxona, o‘yin maydonchalari va tarbiya jarayoni uchun yaratilgan muhit ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida muassasada bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinib, mavjud shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish va bolalar uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy va munosib shart-sharoitlarni yaratish kelajak avlodni sog‘lom, bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy e’tibor va nazoratda bo‘lishi lozimligi qayd etildi.