Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-681-sonli «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholining daromadlarini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun ijrosi doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tomorqachilik faoliyatiga jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Slide 1 of 1