Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Aziz Ergashev 1-O'smat saylov okrugidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida yosh tadbirkorlarning faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalari, mavjud muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, biznesini yanada rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Yoshlar tadbirkorligi — hudud taraqqiyoti va farovon kelajakning muhim omilidir!