Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mevazor MFYda aholi tomorqalarini o'rganish

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Gulhayo Rahimova, bosh mutaxassis Sarvar Primov hamda Milliy tiklanish partiya guruhi vakillari bilan birgalikda Mevazor MFY hududida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi daromadlarini yanada oshirish hamda mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5