Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi. Xonadonbay o‘rganish ishlari davomida jigar transplantatsiyasi amaliyotini boshidan kechirgan fuqaro M.Raxmonova holidan xabar olindi hamda uning salomatligi va ijtimoiy ahvoli bilan qiziqildi. Suhbat jarayonida fuqaro og‘ir jarrohlik amaliyoti va davolanish jarayoni katta moliyaviy mablag‘ talab qilganini ta’kidlab, mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatilishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovning faol ishtiroki va sa’y-harakatlari muhim ahamiyat kasb etganini alohida qayd etdi. Fuqaro davolanish xarajatlarini qoplash uchun moddiy mablag‘ ajratilishiga ko‘maklashilgani, murojaatiga befarq qaralmagani hamda o‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatilgani uchun xalq vakiliga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, aholi murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘linayotgani, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday ishlar fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashini ta’kidladi. O‘z navbatida, deputat tomonidan fuqaroning salomatligi bilan doimiy qiziqib turish, zarur hollarda qonunchilik doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish davom ettirilishi bildirildi. 

   

Slide 1 of 6