Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.

Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sport, madaniyat va axborot texnologiyalariga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Zikiryayev, Jizzax viloyat Kengashi deputatlari J.Djurayeva, N. Kamalova tomonidan tumanda keng qamrovli deputatlik nazorati o‘tkazildi.
Deputatlar tomonidan, avvalo, madaniyat markazlari va istirohat bog‘larining moddiy-texnik holati, ularda faoliyat yuritayotgan musiqa, tasviriy san’at, hunarmandchilik, teatr va boshqa ijodiy to‘garaklarning samaradorligi o‘rganildi. Yoshlarning ushbu to‘garaklarga jalb etilishi, mashg‘ulotlarning muntazam tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4