Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati nazoratdan o‘tkazildi
янв.21
Chorshanbe MFY bozor hududlarida o'rganish
янв.21
Polmon MFYda o'rganish
янв.21
Toshbuloq MFYda o'rganish
янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rganildi
янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish yuzasidan o'rganish
янв.21
“Oqoltin” va “Qo‘shqanot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganishlar
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylov okruglarida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda

Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylov okruglarida sayyor qabullari izchil davom ettirilmoqda.


Ana shunday uchrashuvlardan biri Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Sultonov Bahodir Turg‘unovich hamda Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xamrayev Kamol Qozimovich ishtirokida tashkil etildi.


Sayyor qabul davomida hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan yo‘l va ichki ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash, ichimlik suvi hamda oqova suv tarmoqlari, elektr va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish, hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish, shuningdek, aholi uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratishga oid qator murojaatlar bildirildi.


Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonuni, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni hamda "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etildi. Ushbu qonun hujjatlariga ko‘ra, deputatlar saylov okruglarida fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi, ularning murojaatlarini qabul qilishi, muammolarni joyiga chiqib o‘rganishi hamda ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rishi belgilangan.

Slide 1 of 2