Karmana tumani hokimi, deputat Shohruh Boltayev o‘z saylov okrugiga e’tibor qaratmoqda.
➡️ “Narpay” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ushbu hudud bosqichma-bosqich “Yangi O‘zbekiston” andozasidagi namunali mahallaga aylantirilmoqda.
➡️Hozirgi kunda mahalladagi 40–50 yillardan beri asfalt qilinmagan ichki yo‘llar yangidan asfaltlanmoqda. Hokim tomonidan bajarilayotgan ishlar joylarda ko‘zdan kechirilib, ularning sifati va borishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.
➡️Bundan tashqari, eskirgan elektr ustunlari yangilariga almashtirilmoqda, elektr ta’minoti yanada barqaror holatga keltirilmoqda. Mahalla hududida obodonlashtirish ishlari kompleks tarzda davom etmoqda.
➡️ Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi quduqlar qazilmoqda, suv tarmoqlari yangilanmoqda va bu yo‘nalishdagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
🏓Umuman olganda, Narpay mahallasini zamonaviy va qulay yashash hududiga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.