Joriy yilning 30-mart kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati I.Raximov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev hamda mutasaddi tashkilot vakillari bilan hamkorlikda tuman dehqon bozorida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida bozordagi aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, ularning yetarliligi hamda savdo jarayonlarining holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, narxlarning barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar yetkazib berishda uzluksizlikni saqlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.