🔹O‘rganish jarayonida, avvalo, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari hamda ularning atrofidagi hududlarning tozalik darajasi alohida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ushbu hududlarda yoritish tizimining holati, tungi vaqtlarda aholiga yaratilgan qulayliklar ham tahlil qilindi.
🔹Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.