Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Yig'ilishda, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mas’ullar hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar:
➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli qarori ijrosi yuzasidan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda faol nuroniylarni jalb etish bo‘yicha shahar “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan olib borilgan ishlar muhokama qilindi.
➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmon ijrosi doirasida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.
➡️Shaharda mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirish, uni aholiga eng yaqin va samarali tizim sifatida shakllantirish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston mahallari uyushmasi shahar bo‘limining faoliyati tahlil qilindi.
➡️Shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
➡️“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisoboti tinglandi.
✅Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.