Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi   

Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Zamira Raximova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.

Uchrashuv va qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Jumladan, aholi xavfsizligi uchun piyodalar o‘tish yo‘lakchasini tashkil etish, shuningdek mahalla hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan ushbu murojaatlar atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1