Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlari, qabullari hamda o‘rganishlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio va bosma nashrlarda haftalik chiqishlari uchun reja-jadval tasdiqlandi.
▫️ Deputatlar asosiy ish faoliyatidan tashqari haftaning bir kunini deputatlik faoliyatiga bag‘ishlab, o‘z saylovchilari muammolari, dard-u tashvishlari bilan shug‘ullanadilar.
▫️ Mazkur amaliyot natijasida tasdiqlangan reja-jadval asosida haftaning belgilangan kunlarida deputatlarning faoliyatini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
▫️ Amalga oshirilgan ishlar ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio va bosma nashrlar orqali keng yoritib boriladi.