📊 BOZORDAGI NARX-NAVO VA SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
📅 Sana: 12-mart
📍 Hudud: Tasdiqlangan reja grafik asosida bozor faoliyati o'rganildi.
👥 Ishtirok etganlar:
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 23-“Ijtimoiyat” saylov okrugidan saylangan deputat Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li
🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
✔️ Bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi
✔️ Sotuvchilar va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar
✔️ Savdo joylarining sanitariya va tartib holati
✔️ Xaridorlar uchun qulaylik va xizmat sifati
✔️ Mahsulotlarning sifati va yetkazib berish holati
⚠️ Aniqlangan muammolar
Ayrim savdo joylarida narxlarning barqaror emasligi
Bozor infratuzilmasida ayrim kamchiliklar mavjudligi
Savdo joylarida tartib va tozalikni yanada yaxshilash zarurligi
📌 Ko‘rilgan choralar
🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar va mutasaddi idoralarga topshiriqlar berildi
🔹 Bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
🔹 Sotuvchilar va tadbirkorlarga xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
🎯 Asosiy maqsad
Aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, bozorlarda barqaror narx-navo muhitini yaratish hamda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash.