Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
1.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Urgut tumani bo‘limi,
2. Irrigatsiya tizimlari boshqarmasining Urgut tumani bo‘limi
3. Urgut tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi
Hisobotlarini sessiya kun tartibiga kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Kun tartibidagi masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.Hisobotlarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.