Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Yarmarka

✅Mazkur tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan so‘nggi videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🖇Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — muqaddas oy oldidan aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash, ayniqsa ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

🥩🥯Yarmarkada go‘sht, un, yog‘-moy, shakar, guruch, sabzavot va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlari bozor narxlaridan arzon taqdim etildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 2-okrug deputati Abdujabbor Djurayev hamda shahar nuroniylari bilan birgalikda "Oydin" dehqon bozorida bo‘lib, yarmarka faoliyati hamda mahsulotlar narx-navosini o‘rgandilar.

✅O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi barcha maxsulotlarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari, sanitar holati hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi o'rganildi.