Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi!
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati U.Normatov “Nurobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Sirdaryo viloyat Kengashi deputati B.Sobirov ham ishtirok etdi.
️Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ijtimoiy masalalar, bandlik, kridet va subsidiyalar ajratish hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa muammolar yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi. Aksariyat murojaatlarga qabul jarayonidayoq yechim topildi. O‘rganish talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosini taʼminlash bo‘yicha muddatlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, joylardagi muammolarni tezkor aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.