Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jizzax viloyati Kengash deputati O.Mamatqulov Zomin tumani Baxt mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda dolzarb masalalar, aholini ro‘yxatga olish ishlari holati ko‘rib chiqilib, bu boradagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rish va mahalla bandlik dasturi ijrosi, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori hamda ijtimoiy xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar olindi.

Shu bilan birga, mahallada yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, ularning salomatligi, yashash sharoiti va ehtiyojlari o‘rganildi. Zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni tizimli hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3