Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Boburshoh MFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi

 Boburshoh MFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi

Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich Boburshoh mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan namunaviy xonadonlarga tashrif buyurdi.

Jumladan:

Boburshoh MFY, Chilanggarlik ko‘chasi 14-uy — usta dehqon Nuritdinov Bositxon va farzandi Nuritdinov Dovutxon tomonidan 2 sotixli issiqxona tashkil etilib, ko‘p yillik gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Ushbu tajribani mahallada ommalashtirish maqsadida o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Boburshoh MFY, Shohimardon ko‘chasi 22a-uy — 2005-yilda tug‘ilgan Lutfullayev Sayotbek tomonidan xonadon sharoitida yog‘och mahsulotlariga ishlov berish va hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrif yakunida Namangan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga tegishli topshiriqlar berildi.

Bugun Bandlik bo‘limi o'rinbosari manzillarga chiqqan holda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

O‘rganish jarayonida:

Qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish

Amaldagi qonunchilikka muvofiq subsidiya ajratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahallada tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 6