Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Deputat tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan 18-maktabda uchrashuv tashkil etildi

Yurtimizda haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu tashabbus hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga qaratilgan. Shu kun doirasida joylarda yoshlar bilan muloqot tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, Yangikent mahalla fuqarolar yig‘ini raisi F. Sarimsakov 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim jarayoni, kasb tanlash istiqbollari, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faollik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarning kelajakdagi rejalari tinglanib, ularga amaliy tavsiyalar berildi. Muloqot jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv Prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbusga muvofiq yoshlar bilan samarali muloqotni rivojlantirish va ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3