Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!

        Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani yurtimizda yosh avlodga bo‘lgan yuksak
e’tibor va ishonchning amaliy ifodasidir. Shu munosabat bilan Oyim shaxarchasida "Yoshlar bilan ishlash kuni" doirasida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar yoshlar muammolarini bartaraf etish, bandligini ta’minlash, ularning salomatligini mustahkamlash, sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirda tuman xokimi, tuman Kengashi deputati X. Latipov, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. Xaytaxunov, tuman Kengashi deputatlari A. Qurbonov, I. Jo‘rayev, E. Qurbonov, J.Ergasheva, I. Bo‘tabekov, M. Turg‘unova, Sh. Abdug‘ofurov, G.Qosimova va boshqalar
ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qilmoqdilar. Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan natijalarni aniq
misollar bilan takidladilar. Yoshlar murojaatlarini eshitib, ularni joyida hal qilish choralarini ko‘rib, ijrosini nazoratga oldilar. Shuningdek, “Hokim kubogi” doirasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida xududdagi barcha maktablarda o‘tkazilayotgan basketbol, mini-futbol kabi sport musobaqalariga tashrif buyurib,yoshlar fikrini eshitdilar. Bunday sport musobaqalari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  

Slide 1 of 16