Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Zomin tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Zomin tumani 1- sonli umumta’lim maktabi binosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Zomin tumani hokimi, tuman Kengashi deputati A. Abdug‘aniyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i I. Nurmatov, tuman prokurori H. Abdullayev, tuman Kengashi deputati O‘. Oqqulov, mahalla yettiligi a’zolari, profilaktika inspektorlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ–1-sonli qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarning aniq majburiyatlari belgilab olindi.

Xususan, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda, shuningdek, so‘nggi besh yil davomida “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni keskin kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda mavjud ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar ustidan doimiy va tizimli nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7