Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga bag‘ishlangan uchrashuvidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muloqoti go‘yoki otaning farzandlari bilan samimiy va dildan suhbati tarzida o‘tgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus va loyihalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jamiyatimizda inson qadriga bo‘lgan yuksak e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati va yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.