Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
янв.21
Saylov okrugidagi ekologik holat deputat nazoratida
янв.21
Shahrisabz tumanida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar "Miraki" hududiga e'tibor qaratdilar
янв.21
Deputatlar ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandilar
янв.21
“Tudamaydon” mahallasida katta o‘zgarishlar: ijtimoiy imkoniyatlari oshiriladi.
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
"Oqoltin" mahallasining imkoniyatlari kengaymoqda
Deputat nazorati

       Deputat nazorati

       Kuz–qish mavsumining boshlanishi bilan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Umurzaqov tomonidan tumandagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashi hamda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha deputat nazorati o‘tkazildi.

       Muassasalarda issiqlik tizimining texnik holati ya’ni isitish qozonlari, uskunalar xavfsizlik talablariga muvofiqligi va mavsumga to‘liq tayyorligi tekshirildi. Mavsum davomida uzluksiz isitishni ta’minlash, muammolar yuzaga kelganda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

       Deputat nazoratining asosiy maqsadi – kuz-qish mavsumida maktab va bog‘chalarda o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan, barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish shuningdek, bu jarayon orqali javobgar tashkilotlar ishining shaffofligi va samaradorligini oshirishdir.

Slide 1 of 7