Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Kengash_faoliyati

Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-"Bandixon" saylov okrugidan saylangan deputat H.Abdimo'minov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi asosida o'z saylov okrugidagi "Bandixon" mahallasida bo'lib, yettilik faoliyati bilan tanishdi.

🔴 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. Hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔴Uchrashuv davomida deputat "Bandixon" mahallasida joylashgan "CHORI DESIGN" XUSUSIY KORXONASIga tashrif buyurdi. Ushbu korxona O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-306 son qarori asosida "Biznesga birinchi qadam " dasturi bo'yicha 100 mln so'm imtiyozli kredit olib aholiga reklama va banner ishlab chiqarish xizmati yo'lga qo'yilgan. 

🔴 Shuningdek, 2026-yilda Bandixon tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda amaliy reja-tadbirlar mahalla faollariga batafsil yetkazildi.

📌 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hudud rivojini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6